29/11/2023

Joriy yilning yanvar-oktabr oylarida viloyatimizning chakana savdo tovar aylanmasida kichik biznes va xususiy tadbirkorlik subyektlarining  ulushi 94,1 %ni yoki  8 949,7 mlrd so‘mni tashkil etdi.

2022- yilning  mos davriga nisbatan hajmning o‘sish sur’ati 106,2 % darajada qayd etilgan.

Viloyat bo‘yicha kichik tadbirkorlik sub’ektlari chakana savdo aylanmasining yuqori o‘sish sur’atlari quyidagi hududlarda qayd etilgan:

Yangiariq tumani – 109,8 %

Xiva shahri – 109,8 %

Urganch shahri – 109,7 %

Tuproqqal’a tumani – 108,5 %

Yangibozor tumani – 108,5 %.

 

Axborot xizmati