29/11/2023

 2023- yil 1- noyabr holatiga ko‘ra, viloyatimizda  tashish va saqlash xizmatlari sohasida faoliyat ko‘rsatayotgan korxonalar soni 1 129 tani tashkil etdi.

Bu jami viloyatdagi faoliyat ko‘rsatayotgan korxonaning 4,1 %ini tashkil qiladi.

2022- yilning mos davriga nisbatan tashish va saqlash xizmatlari korxonalari sonining o‘sish sur’ati (yo‘nalishlar bo‘yicha):

quruqlikdagi va quvur transporti yo‘nalishida faoliyat ko‘rsatayotgan korxona va tashkilotlar - 107,3 %

ombor xo‘jaligi va yordamchi transport yo‘nalishi - 116,9  %

pochta va kuryerlik yo‘nalishi - 2,4 marta

havo transporti yo‘nalishida faoliyat yuritayotgan korxona va tashkilotlar -  2,5 marta oshdi.

 

Axborot xizmati