29/11/2023

2023- yilning yanvar-oktabr oylarida viloyat bo‘yicha hajmi 272,2 mlrd so‘mlik oziq-ovqat va ichimliklar bilan ta’minlash xizmatlari ko‘rsatilgan.

O‘tgan yilning mos davriga nisbatan mazkur xizmatlar hajmi 5,9 %ga oshgan, yashash va ovqatlanish xizmatlaridagi ulushi esa 82,0 %ni tashkil qilgan.

Hududlar kesimida oziq-ovqat va ichimliklar bilan ta’minlash xizmatlarining eng yuqori hajmi Urganch shahri (123,7 mlrd so‘m), Urganch tumani (47,0 mlrd so‘m), Xiva shahri (16,9 mlrd so‘m), Shovot tumani (15,4 mlrd so‘m) hissasiga to‘g‘ri kelgan.

 

Axborot xizmati