29/11/2023

2023- yil  o‘tgan 10 oyi dastlabki yakunlariga ko‘ra, Urganch shahrida sanoat korxonalari tomonidan  2 783,8 mlrd so‘mlik mahsulot ishlab chiqarilib, o‘tgan yilning mos davriga nisbatan ishlab chiqarishning fizik hajm indeksi 3,6 %ga oshgan.

Sanoat mahsulotlari umumiy hajmining 26,3 %i yoki 732,6 mlrd so‘mi hududda faoliyat yuritayotgan kichik biznes va xususiy tadbirkorlik subyektlari hissasiga to‘g‘ri kelgan.

Tahlillarga ko‘ra  joriy yilning 1- noyabr holatiga Urganch shahrida sanoat yo‘nalishida 753 ta korxona faoliyat yuritgan bo‘lsa, shundan 744 tasini kichik korxona va mikrofirmalar tashkil etgan.

 

Axborot xizmati