28/11/2023

Statistika idoralarining keng jamoatchilik bilan mustahkam aloqa o‘rnatishdan asosiy maqsadlardan biri eng avvalo sohadagi yangiliklardan ularni o‘z vaqtida va to‘laqonli xabardor etib borishdan iboratdir. Shu boisdan idora va tashkilotlar hamda mahalla fuqarolar yig‘inlarida har haftada huquqiy targ‘ibot tadbirlari o‘tkazib borilmoqda.


2023- yilning  27- noyabr kuni Urganch shahridagi “Feruz” mahallasida Xorazm viloyati statistika boshqarmasi bosh yuriskonsulti I.Otajonov tomonidan “Mahallada targ‘ibot” tadbiri doirasidagi navbatdagi seminarda  “O‘zbekiston Respublikasining Jinoyat Kodeksi va Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi Kodeksiga  o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi  2023- yil 31- oktabrda tasdiqlangan O‘RQ-874-sonli Qonun hamda statistika sohasida oid normativ-huquqiy hujjatlar xususida ma’lumot berildi.


 Axborot xizmati