31/10/2023

Urganch tumanida faoliyat yuritayotgan sanoat korxonalari tomonidan shu yilning yanvar-sentabr oylarida  673,1 mlrd so‘mlik mahsulot ishlab chiqarilgan.

Iqtisodiy faoliyat turiga ko‘ra eng yuqori hajm to‘qimachilik mahsulotlari ishlab chiqarish sohasi hissasiga to‘g‘ri kelgan va 248,8 mlrd so‘m (umumiy hajmning 37,0 %i)ni tashkil qilgan.

Yuqori hajmga ega sanoat ishlab chiqarish faoliyati turlari:

boshqa nometall mineral mahsulotlar ishlab chiqarish – 162,0 mlrd so‘m

oziq-ovqat mahsulotlari ishlab chiqarish – 152,5 mlrd so‘m

kiyim ishlab  chiqarish – 17,9 mlrd so‘m

rezina va plastmassa buyumlar ishlab chiqarish – 13,6 mlrd so‘m.

 

Axborot xizmati