31/10/2023

Yangibozor tumanida  joriy yilning 9 oyida  hajmi 735,8 mlrd so‘mlik dehqonchilik mahsulotlari  yetishtirildi.

2022- yilning yanvar-sentabr oylari bilan taqqoslaganda mahsulot yetishtirish hajmining 20,9 %ga ko‘paygani kuzatildi.

Hisobot davrida Yangibozor tumanida viloyatdagi jami donning 9,2 foizi yoki 35,5 ming tonnasi yetishtirilgan bo‘lib, o‘sish sur’ati 107,8 %ga teng bo‘lgan.

Shuningdek, o‘sish sur’atlari bug‘doy (102,3 %), poliz ekinlari (103,7 %), meva va rezavorlar (101,1 %), sabzavot mahsulotlari (102,6 %)  kabi dehqonchilik mahsulotlari hajmida qayd etilgan.

 

Axborot xizmati