30/10/2023

Xorazm viloyati statistika boshqarmasida “Huquqiy targ‘ibot” tadbiri doirasida shu yilning 30- oktabrida o‘tkazilgan seminar shu mavzuga bag‘ishlandi.

Boshqarma bosh yuriskonsulti I.Otajonov boshqarma xodimlariga 2020- yilning 20- oktabrida qabul qilingan mazkur qonunga asosan  amaliyotga kiritilayotgan aholining ijtimoiy ehtiyojmand toifasi, band bo‘lmagan aholi kabi tushunchalariga izoh berib o‘tdi. Shu bilan bir qatorda aholi bandligi bo‘yicha qonunda belgilangan asosiy prinsiplar xususida ma’lumotlar keltirildi.

Seminar davomida oktabr oyida mamlakatimizda qabul qilingan me’yoriy-huquqiy  hujjatlar bilan tanishtirildi.

 

Axborot xizmati