30/10/2023

 O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Statistika agentligi ma’lumotlariga ko‘ra, 2023- yilning 1- oktabr holatiga respublikamizning doimiy aholisi  36 599 764 kishini tashkil etgan.



 Respublikamizning doimiy aholisi soni o‘tgan yilning mos davri bilan solishtirilganda 2,2 % ga oshgan.

 Mamlakatimiz aholisi 2023- yil boshidan buyon 574,8 ming kishiga ko‘paygan.

 O‘zbekiston aholisi 2023- yilning har bir oyida o‘rtacha 63,9 ming kishiga oshgan.

 2023 yilning har bir kunida doimiy aholi soni o‘rtacha 2,1 ming kishiga ko‘paymoqda.

 

 

Matbuot xizmati