30/10/2023

Dastlabki ma‘lumotlarga ko‘ra, 2023- yilning yanvar-sentabr oylarida Xorazm viloyatida qishloq, o‘rmon va baliqchilik xo‘jaligi mahsulot (xizmat)lari ishlab chiqarish hajmi 19 279,9 mlrd so‘mni tashkil etib, o‘sish sur’ati o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 106,3 % darajada qayd etildi.

Umumiy hajmda dehqonchilik va chorvachilik, ovchilik va ushbu sohalarda ko‘rsatilgan xizmatlar 18 801,1 mlrd so‘mni, o‘rmon xo‘jaligi – 156,2 mlrd so‘mni, baliqchilik xo‘jaligi – 322,6 mlrd so‘mni tashkil qildi.

 

Axborot xizmati