Bugun, 27- oktabr sanasida Xorazm viloyati statistika boshqarmasida “Huquqiy targ‘ibot” tadbiri doirasida oktabr oyida mamlakatimizda qabul qilingan me’yoriy-huquqiy hujjatlar targ‘ibotiga bag‘ishlangan yig‘ilish bo‘lib o‘tdi.
Boshqarma bosh yuriskonsulti I.Otajonov ishtirokchilarga qabul qilingan qonunlarning yo‘nalishlari, asosiy mazmun va mohiyati xususida batafsil ma’lumotlarni taqdim etdi. Shu bilan bir qatorda 2022- yilning may oyida qabul qilingan “Davlat boshqaruvi sohasida korrupsiyaviy xavf-xatarlarni bartaraf etish mexanizmlarini takomillashtirish va ushbu sohada jamoatchilik ishtirokini kengaytirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 240-sonli Prezident qarorining maqsad va vazifalari xususida to‘xtalib, kelgusida davlat organlari va tashkilotlari oldiga korrupsiyani bartaraf etish yuzasidan qo‘yilayotgan vazifalar, korrupsiyaviy xavf-xatarlarni aniqlash va baholash bo‘yicha amaliyotga tadbiq etilayotgan mexanizmlar haqida ma’lumot berib o‘tdi.
Axborot xizmati