27/10/2023

Urganch shahrida 2023- yilning yanvar-sentabr oylariga bajarilgan qurilish ishlari hajmi 833,9 mlrd so‘mni tashkil qilgan.

Iqtisodiy faoliyat turi bo‘yicha qurilish ishlari tarkibida:

bino va inshootlar qurilishi ishlari – 444,5 mlrd so‘mni,

fuqarolik obyektlari qurilishi ishlari – 343,7 mlrd so‘mni,

ixtisoslashtirilgan qurilish ishlari – 45,7 mlrd so‘mni tashkil qilgan.

Jami qurilish ishlarining 58,1 %i hududda faoliyat yuritayotgan kichik korxona va mikrofirmalar hissasiga to‘g‘ri kelgan.

 

Axborot xizmati