27/10/2023

2023- yilning  yanvar-sentabr oylarida  Urganch tumanida asosiy kapitalga o‘zlashtirilgan investitsiyalar hajmi 522,4 mlrd so‘mni tashkil qilgan.

Shundan 484,9 mlrd so‘mi markazlashmagan investitsiyalar hissasiga to‘g‘ri kelib, o‘tgan yilning yanvar-sentabr oylari bilan solishtirilganda ushbu investitsilar hajmining o‘sish sur’ati 113,9 % darajada qayd etilgan.

Markazlashmagan investitsiyalar tarkibida to‘g‘ridan-to‘g‘ri xorijiy investitsiya va kreditlar hajmi 201,7 mlrd so‘mni tashkil etgan.

 


Axborot xizmati