26/10/2023

Joriy yilning 26- oktabrida  Xorazm viloyati statistika boshqarmasida “Xorazm viloyatini 2023- yilning 9 oyida ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish va demografik o‘zgarishlarning ko‘rsatkichlari ” mavzusiga bag‘ishlangan matbuot anjumani tashkil etildi.
     Matbuot anjumanida viloyatdagi  ommaviy axborot vositalari vakillari, jurnalist va blogerlar ishtirok etishdi.

    Tadbir avvalida Xorazm viloyati  statistika boshqarmasi boshlig‘i A.O‘tamuratov  Statistika ishlari dasturida belgilangan vazifalarning ijrosi yuzasidan amalga oshirilayotgan ishlar xususida hisobot berdi.

Shuningdek, viloyatning joriy yil 9 oyidagi ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanish ko‘rsatkichlari, aholi daromadlari, sanoat ishlab chiqarishi, qishloq, o‘rmon va baliqchilik xo‘jaligida mahsulot yetishtirish, tashqi savdo tovar aylanmasi, xizmatlar va  ichki savdo ko‘rsatkichlari hamda aholi demografiyasiga doir ma’lumotlarni shakllantirish tamoyillari va mexanizmlari bo‘yicha ma’lumotlar taqdim etildi.

O‘z navbatida statistik ma’lumotlarni keng jamoatchilikka taqdim qilishda ochiqlik va shaffoflik prinsiplariga amal qilgan holda, viloyatimizning iqtisodiy va ijtimoiy sohalariga doir ma’lumotlar boshqarmaning rasmiy veb sayti ochiq ma’lumotlar bo‘limida doimiy ravishda yangilanib borilishi ta’kidlandi.

    Matbuot anjumani so‘nggida ommaviy axborot vositalari vakillari va blogerlar o‘zlarini qiziqtirgan ko‘plab savollarga javob oldilar.

 

 

Axborot xizmati