27/06/2023

Xorazm viloyatida 2023- yilning yanvar-may oylarida chakana tovar aylanmasi tarkibida ovqatlanish korxonalari savdo aylanmasining ulushi 3,1 % ni tashkil etib, 129,4 mlrd so‘mga yetdi va 2022- yilning mos davriga nisbatan 4,3 % ga ko‘paydi.

Bunda savdo aylanmasining 93,6 % ulushi kichik biznes va xususiy tadbirkorlik subyektlari hissasiga to‘g‘ri keldi.

2023- yil 1- iyun holatiga umumiy ovqatlanish sohasida 1 287 ta tijorat korxonalari faoliyat yuritgan.

 

 

Axborot xizmati