27/06/2023

Xorazm viloyati statistika boshqarmasi bosh yuriskonsulti I.Otajonov tomonidan har haftada belgilangan reja asosida “Mahallada targ‘ibot”, “Huquqiy savodxonlik” mavzularida hududlardagi mahalla fuqarolar yig‘inlari faollari hamda boshqarma xodimlari ishtirokida seminarlar, davra suhbatlari tashkil etib kelinmoqda.

Joriy yilning 26- iyun kuni Urganch shahridagi  “Kamolot” mahallasida O‘zbekiston Respublikasining 2021- yil 11- avgustdagi “Rasmiy statistika to‘g‘risida”gi Qonuni (O‘RQ-707-sonli) va 2019- yil 9- aprelda qabul qilingan “Davlat boshqaruvining ochiqligi va shaffofligini ta’minlash hamda mamlakatning statistika salohiyatini oshirish yuzasidan qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining PQ-4273-sonli qarorlari mazmun-mohiyati va ahamiyatini mahalla faollariga tanishtirishga bag‘ishlangan suhbat tashkil etildi.

Bugun, 27- iyun kuni boshqarmada o‘tkazilgan navbatdagi huquqiy targ‘ibot tadbiri 2023- yilning 24- mayidagi “Alkogol va tamaki mahsulotlarining tarqatilishini hamda iste’mol qilinishini  cheklash to‘g‘risida”gi O‘RQ- 844-sonli va shu yilning 6- mayida qabul qilingan “O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga qo‘shimcha va o‘zgartirishlar kiritish to‘g‘risida”gi O‘RQ -838-sonli qonunlarining mohiyati va ahamiyatini keng targ‘ib qilishga bag‘ishlandi.

 

 

Axborot xizmati