Xorazm viloyatida sanoat ishlab chiqarishning fizik hajm indeksi 2023- yilning yanvar-may oylarida o‘tgan yilning shu davriga nisbatan 104,1 foizni tashkil qilgan.
Sanoat sohasida ishlab chiqarish sur’atlarining o‘sishiga quyidagi tarmoq yo‘nalishlaridagi o‘sish darajasi ijobiy ta’sir ko‘rsatdi:
- ishlab chiqarish yoki qayta ishlaydigan sanoatda - 102,8 foiz
- elektr, gaz, bug‘ bilan ta’minlash va havoni konditsiyalashda – 126,0 foiz
- suv bilan ta’minlash, kanalizatsiya tizimi, chiqindilarni yig‘ish va utilizatsiya qilish sanoatida -111,9 foiz
- tog‘-kon sanoati va ochiq konlarni ishlash sohasida - 136,2 foiz.
Axborot xizmati