23/06/2023

Joriy yilning 23- iyun kuni Xorazm viloyati statistika boshqarmasida “Yangi O‘zbekistonni korrupsiyadan xoli mamlakatga aylantiraylik!” mavzusida uchrashuv tashkil etildi.

   Unda viloyat adliya boshqarmasi bosh maslahatchisi R.Ibragimov ishtirok etdi.

   Uchrashuvda boshqarma xodimlari bilan korrupsiya, uning kelib chiqish sabablari, oqibatlari, ko‘rinishlari xususida suhbatlashildi, bugungi kunda jahon tajribasida ushbu illatga qarshi qanday jazo choralari qo‘llanilayotgani haqida alohida davlatlar misolida to‘laqonli ma’lumotlar berildi.

  Shu bilan bir qatorda davlat idoralari faoliyatida korrupsiyaning oldini olish bo‘yicha qilinishi lozim bo‘lgan ishlar viloyat adliya boshqarmasi misolida tushuntirildi.

  Uchrashuv davomida korrupsiyaning jamiyat hayotiga kirib kelishi va namoyon bo‘lishiga oid ijtimoiy rolik namoyish etildi.

  Viloyat statistika boshqarmasi bosh yuriskonsulti I.Otajonov yig‘ilish so‘nggida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Statistika agentligi direktorining 2023- yil 20- iyundagi 37-sonli buyrug‘i bilan tasdiqlangan “Tizimda korrupsiyaviy holatlar haqida xabar berish mexanizmi, xabar bergan xodimlarni rag‘batlantirish tartibi hamda ularni ta’qibga olinmasligini kafolatlash to‘g‘risidagi Yo‘riqnoma” bilan barcha ishtirokchilarni tanishtirib o‘tdi.

 

 

Axborot xizmati