23/12/2021

Davlat statistika qo‘mitasi ma’lumotlariga ko‘ra, 2021- yilning yanvar-noyabr oylarida O‘zbekistonga 11 ta xorijiy davlatdan qiymati 13,8 mln. AQSh dollariga teng bo‘lgan 689 ta elektromobil import qilingan.

Elektromobil importi o‘tgan yilning mos davri bilan solishtirilganda 592 taga yoki qariyb 7 baravardan oshgan.

2021- yilning 11- oyida O‘zbekiston asosan qaysi davlatlardan elektromobillarni import qilgan?

Xitoy – 608 ta

Turkiya – 24 ta

AQSh – 20 ta

Litva – 13 ta

Germaniya – 11 ta

Koreya – 5 ta

Ispaniya – 2 ta

Rossiya – 2 ta

Ukraina – 2 ta

Gongkong – 1 ta

BAA – 1 ta.

 

                                                                                                  Matbuot xizmati