2022- yilning  yanvar-mart oylarida Tuproqqal’a tumanida  asosiy kapitalga o‘zlashtirilgan investitsiyalar hajmi 44,6 mlrd so‘mni tashki qilgan.

Joriy yilning  yanvar-mart oylarida Xonqa tumanida faoliyat ko‘rsatayotgan 387 ta sanoat korxonasi tomonidan 144,2 mlrd so‘mlik  mahsulot ishlab chiqarilgan.

Viloyatda ro‘yxatdan o‘tgan xorijiy kapital ishtirokidagi korxona va tashkilotlar soni 2022- yilning 1- may holatiga  194 tani tashkil etgan.

2022- yilning yanvar-aprel oylarida viloyatda yangi tashkil etilgan korxona va tashkilotlar soni 1 935 tani tashkil etgan va o‘tgan yilning mos davriga nisbatan ularning soni  226  taga yoki 13,4 %ga oshgan.

2022- yilning  1- may holatiga  viloyatimizda faoliyat ko‘rsatayotgan oilaviy korxonalar soni 4 900 tani tashkil etib, bu ko‘rsatkich o‘tgan yilning shu davriga nisbatan 1 012 taga yoki 26,0 foizga oshgan.

2021/2022- o‘quv yili boshiga  viloyatda faoliyat olib borayotgan akademik litseylarda 2040 nafar o‘quvchi tahsil olgan.

Davlat statistika qo‘mitasi ma’lumotlariga ko‘ra, 2022- yilning aprel oyida O‘zbekistonda havo transportida yo‘lovchi tashish narxlari mart oyiga nisbatan ya’ni bir oyda o‘rtacha 2 % ga qimmatlashgan.

2022- yilning 1- aprel holatiga  viloyatimiz  doimiy aholisining soni 1 930 747 kishini tashkil qilgan.

Viloyatimizda  2022- yilning 1- may holatiga faoliyat ko‘rsatayotgan korxona va tashkilotlar soni 26 027 tani tashkil qilib, o‘tgan yilning shu davriga nisbatan 2 826 taga yoki 12,2 % ga oshgan.

2022– yilning yanvar– mart oylarida  ishlab chiqaradigan sanoat tarkibida  eng katta ulush mashina va asbob- uskunalar ishlab chiqarish, ta’mirlash va o‘rnatish, avtotransport vositalari, yarim tirkamalar va boshqa tayyor buyumlarni ishlab chiqarish sohasi hissasiga to‘g‘ri kelgan va 42,7 % ni tashkil qilgan.

Viloyatimizda 2022- yilning  yanvar-mart oylarida hajmi 119,7 mlrd so‘mlik aloqa va axborotlashtirish xizmatlari ko‘rsatilgan.

2022–  yilning 1–  aprel holatiga  viloyatimizda boqilayotgan chorva mollari va parrandalar bosh soni o‘tgan yilning mos davri bilan taqqoslaganda yirik shoxli qoramollar bosh soni 2,4 %ga, qo‘y va echkilar soni 3,1 %ga, otlar soni 1,9 %ga, parrandalar soni -3,2 %ga oshgani kuzatilgan.

2022- yilning yanvar-mart oylarida viloyatimizga 37 ta xorijiy davlatlardan qiymati 57,3 mln AQSH dollari bo‘lgan tovarlar importi amalga oshirilgan.

Kitob zamonlar dengizida sayohat qilayotgan va oʻzining qimmatbaho yukini avlodlardan-avlodlarga tashiyotgan hikmat kemasidir.

                                                                                                                   Frensis Bekon

2021-2022- o‘quv yilining boshiga viloyatimizda faoliyat ko‘rsatayotgan 48 ta professional ta’lim  muassasalarining 25 tasini kasb-hunar maktabi, 10 tasini kollej va 13 tasini texnikumlar tashkil qilgan.

2022- yilning 1- may holatiga ko‘ra, respublikamizda xorijiy kapital ishtirokida faoliyat ko‘rsatayotgan korxonalarning soni 13 877 tani tashkil etib, o‘tgan yilning shu davriga nisbatan 1 390 taga ko‘paygan.

2022- yilning   yanvar-mart oylarida Shovot tumanining tashqi savdo aylanmasi hajmi 3,6 mln AQSH dollarini tashkil qilgan.

2022- yilning yanvar-mart oylarida ishlab chiqaradigan sanoat korxonalari tomonidan ishlab chiqarilgan mahsulotlar hajmi 3 709,7 mlrd so‘mni yoki jami sanoat mahsulotlarining 96,8 %ini tashkil etgan.