12/05/2022

2021-2022- o‘quv yilining boshiga viloyatimizda faoliyat ko‘rsatayotgan 48 ta professional ta’lim  muassasalarining 25 tasini kasb-hunar maktabi, 10 tasini kollej va 13 tasini texnikumlar tashkil qilgan.

Jami o‘quvchilar soni 19,0 ming nafarni, shundan qizlar 10,3 ming nafar (54,2 foiz)ni tashkil qilgan.

 Ta’lim muassasasi turi bo‘yicha o‘quvchi qizlarning ulushi:

  • kasb-hunar maktablarida - 25,2 foizi (2,2 ming nafar),
  • kollejlarda - 88,7 foiz (5,4 ming nafar),
  • texnikumlarda - 55,7 foiz (2,9 ming nafar).

 

Axborot xizmati