25/08/2022

 Davlat statistika qo‘mitasi ma’lumotlariga ko‘ra, 2022- yilning yanvar-iyul oylarida O‘zbekiston 8 ta xorijiy davlatga qiymati 9,7 mln AQSH dollariga teng bo‘lgan 438 ta yuk avtomobillarini eksport qilgan.

  Yuk avtomobillari eksporti o‘tgan yilning mos davri bilan solishtirilganda 70 taga oshgan.

   O‘zbekiston 7 oyda yuk avtomobillarini eng ko‘p eksport qilgan davlatlar:

  Qozog‘iston — 151 ta

  Qirg‘iz R. — 112 ta

  Tojikiston — 83 ta

  Ozarbayjon — 60 ta

  Matbuot xizmati