2023-yilning yanvar-sentabr oylarining  dastlabki ma’lumotlariga ko‘ra, respublika aholisining umumiy daromadlari tarkibida yollanma ishchilarning daromadlari ulushi 28,7 %ni tashkil etdi. Bu ko‘rsatkich 2022-yilning mos davrida 27,4 %ni tashkil etgan.

📊  2023- yilning  10 oyi yakunlariga ko‘ra, Shovot tumanida norasmiy sektor tomonidan 119,9 mlrd so‘mlik qurilish ishlari bajarilib, jami qurilish ishlarining 50,5 %ini tashkil etgan.

Joriy yilning  yanvar-oktabr oylarida viloyatimizdan xorijga 257,4 mln AQSH dollari qiymatidagi  tovar va xizmatlar eksport qilingan.

2023- yilning yanvar-oktabr oylarida viloyatimizning tashqi savdo tovar aylanmasida MDH davlatlarining ulushi 32,4 %ni yoki 243,7 mln AQSH dollarini tashkil etdi.

2023- yilning 1- noyabr holatiga viloyatimizda faoliyat yuritayotgan chet el investitsiyasi ishtirokidagi  134 ta korxonalarning iqtisodiy faoliyat turiga ko‘ra tarkibi:

2023- yilning yanvar-oktabr oylarida Gurlan tumanida 251,0 mlrd so‘mlik qurilish ishlari bajarilgan.

2023- yilning yanvar-oktabr oylarida Tuproqqal’a tumanining  sanoat ishlab chiqarish hajmi 9,2 trln so‘mni tashkil etgan bo‘lib, o‘tgan yilning mos davriga nisbatan o‘sish sur’ati 102,3 % darajada qayd etilgan.

2023- yilning 1- noyabr holatiga viloyatimizda  14 169 ta mas’uliyati cheklangan jamiyatlari faoliyat yuritib, o‘tgan yilning mos davriga nisbatan ular sonining o‘sish sur’ati 103,6 %ni tashkil qilgan.

2023- yilning 1- noyabr holatiga Yangibozor tumanida 1 300 ta korxona va tashkilot faoliyat yuritgan .

2023- yilning  yanvar-oktabr oylarida Urganch tumanining umumiy ovqatlanish korxonalari savdo aylanmasi hajmi  o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 7,1 %ga oshgan va 47,4 mlrd so‘mni tashkil etgan.

Hazorasp tumanida faoliyat yuritayotgan 232 ta sanoat korxonasi tomonidan  2023- yilning yanvar-oktabr oylarida 427,4 mlrd so‘mlik mahsulot ishlab chiqarilgan.

Joriy yilning  1- noyabr holatiga Xiva tumanida ro‘yxatga olingan korxona va tashkilotlar soni 1 704 tani tashkil etgan bo‘lib, o‘tgan yilning shu davriga nisbatan ularning soni 187 taga ko‘paygan.

2023- yilning yanvar-oktabr oylarida Bog‘ot tumanida 585,0 mlrd so‘mlik xizmatlar ko‘rsatilgan bo‘lib, shundan 178,8 mlrd so‘mini transport xizmatlari tashkil qilgan.

 Joriy yilning 10 oyida Qo‘shko‘pir tumanining chakana savdo tovar aylanmasi hajmi 492,0 mlrd so‘mni tashkil etib, shundan 168,0 mlrd so‘mi (34,1 %i) uyushmagan savdo hissasiga to‘g‘ri kelgan.

Joriy yilning yanvar-oktabr oylarida Xiva  shahrida hajmi 486,1 mlrd so‘mlik bozor xizmatlari ko‘rsatilgan bo‘lib, shundan 9,8 %i yoki 47,6 mlrd so‘mi ta’lim xizmatlari hissasiga to‘g‘ri kelgan.

2023- yilning yanvar-sentabr oylari yakunlariga ko‘ra, Xorazm viloyati bo‘yicha xizmatlar sohasida yaratilgan yalpi qo‘shilgan qiymat hajmi 8 717,5 mlrd. so‘mni tashkil etdi va o‘tgan yilning mos davri bilan taqqoslaganda 2,8 % ga o‘sdi.

2023-yilning yanvar-oktabr oylarida 184,6 ming nafar Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolari Rossiyaga turistik maqsadlarda safarga chiqqan.

2023-yilning yanvar-sentabr oylari yakunlariga ko‘ra, Xorazm viloyati bo‘yicha xizmatlar sohasida yaratilgan yalpi qo‘shilgan qiymat hajmi 8 717,5 mlrd. so‘mni tashkil etdi va 2022-yilning yanvar-sentabr oylariga nisbatan 2,8 %ga o‘sdi. Kuzatilayotgan davrda YAHM tarkibida mazkur tarmoqning ulushi 34,2 %ni tashkil etdi.