05/12/2023

Hazorasp tumanida faoliyat yuritayotgan 232 ta sanoat korxonasi tomonidan  2023- yilning yanvar-oktabr oylarida 427,4 mlrd so‘mlik mahsulot ishlab chiqarilgan.

O‘tgan yilning shu davriga nisbatan hududning sanoat ishlab chiqarishi 2,1 %ga oshgan.

Hudud sanoatida yuqori ulushga ega sanoat ishlab chiqarish faoliyati turlari:

to'qimachilik mahsulotlari ishlab chiqarish – 76,9 %

oziq-ovqat mahsulotlari ishlab chiqarish – 9,3 %

mashina va uskunalardan tashqari tayyor metall buyumlar ishlab chiqarish – 2,5 %.

 

Axborot xizmati