26/06/2024

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 4-martdagi “Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Statistika agentligi faoliyatini tashkil etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PQ-114-son qarori bilan tasdiqlangan “Rasmiy statistika sohasida islohotlarni chuqurlashtirish va tizim faoliyatini transformatsiya qilish boʻyicha hisobot topshiruvchilar, shu jumladan tadbirkorlik subyektlari xodimlarining savodxonligini oshirish maqsadida, Statistika agentligi, Kadrlar malakasini oshirish va statistik tadqiqotlar instituti hamda Xorazm viloyati statistika boshqarmasi bilan hamkorlikda Xorazm viloyatida 2024-yil 26-28-iyun kunlari shartnoma asosida “Statistika” yoʻnalishida qisqa muddatli sayyor oʻquv kursi tashkil etildi.

Mazkur sayyor oʻquv kursida institut “Statistika” kafedrasining katta oʻqituvchisi  Sh.R. Djumaniyazov va Xorazm viloyati statistika boshqarmasining statistika hisobotlarini qabul qiluvchi masʻullari oʻzlarining taqdimotlari va video darslari bilan qatnashdilar.

Shuningdek, tinglovchilarning statistika hisobotlarini tayyorlash va topshirish jarayonlarida yuzaga kelayotgan savollariga atroflicha javoblar berildi va muammoli vaziyatlarga joyida yechimlar koʻrsatildi. Kurs yakunida faol tinglovchilarga namunadagi sertifikatlar topshirildi.

 

Matbuot xizmati