30/11/2022

2022- yilning 29- noyabr kuni  Urganch shahridagi Al-Xorazmiy nomli mahalla fuqarolar yig‘inida Xorazm viloyati statistika boshqarmasi bosh yuriskonsulti I.Otajonov tomonidan “Mahallada targ‘ibot” tadbiri doirasida qonun va me’yoriy-huquqiy hujjatlarning targ‘ibotiga bag‘ishlangan navbatdagi seminar tashkil etildi.

Mazkur seminarda  “Davlat boshqaruvining ochiqligi va shaffofligini ta’minlash hamda mamlakatning statistika salohiyatini oshirish yuzasidan qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PQ-4273-sonli Prezident qarori, uning mazmun va mohiyati xususida suhbatlashildi.


Axborot xizmati