24/11/2022

Davlat statistika qo‘mitasi tomonidan Milliy matbuot markazida O‘zbekistonda o‘tkazilgan Multiindikator klaster kuzatuvlari natijalariga bag‘ishlangan matbuot anjumanida 40 % ayollar tug‘ruqdan so‘ng bir soat ichida farzandini ko‘krak suti bilan oziqlantirgani ta’kidlandi.

 Kuzatuv natijalariga ko‘ra:

har 4 chaqaloqdan faqat bittasi (25 %) 6 oygacha faqat ona suti bilan oziqlangan;

21 % tug‘ruqlar kesarevo jarrohlik amaliyoti yordamida amalga oshirilgan;

— 5 yoshgacha bo‘lgan 7 % bolalarning bo‘yi o‘sishdan ortda qolgan. Bu ko‘rsatkich 2006- yilgi kuzatuv natijalariga (14,6 %) nisbatan 2 barobarga pasaygan;

— kuzatuv o‘tkazilgan uy xo‘jaliklarida bolalarning 3 %i biologik ota-onalari bilan yashamaydi;

ortiqcha vazn 5 yoshgacha bolalarning 5 %ida (o‘g‘il bolalar 5 %, qiz bolalar 4 %) kuzatilmoqda. 2006- yilda o‘tkazilgan MICS kuzatuvida bu ko‘rsatkich 7 %ni tashkil etgan.


-   5 yoshga to‘lmasdan vafot etish ko‘rsatkichi har 1000 nafar yangi tug‘ilgan chaqaloqqa nisbatan 25 tani tashkil etmoqda.

 Bu 2006- yilda o‘tkazilgan MICS natijalarida 57 nafarni tashkil etgan.



 Matbuot xizmati



Tugmani bosing Tinglash GSpeech