21/11/2022

2022– yilning 1– oktabr holatiga Xonqa tumanida boqilayotgan yirik shoxli qoramollarning bosh soni 115,6 mingtani tashkil qilgan.

Bu viloyatdagi qoramollar umumiy bosh sonining 12,2 %ga teng.

Hisobot davrida viloyatda boqilayotgan  qo‘y va echkilarning 6,2 %, parrandalarning 12,8 % Xonqa tumani hissasiga to‘g‘ri kelgan.

2022- yilning yanvar-sentabr oylarida tumanda qishloq,o‘rmon va baliqchilik mahsulotlari ishlab chiqarish hajmi 1 613,4 mlrd so‘mni tashkil etgan.

Axborot xizmati