18/11/2022

Davlat statistika qo‘mitasi ma’lumotlariga ko‘ra, O‘zbekistonga 2022- yilning yanvar-oktabr oylarida xorijdan qiymati 162,1 mln  AQSH dollariga teng bo‘lgan qariyb 2,4 mln dona mobil telefon import qilingan.
O‘zbekistonga mobil telefonlar importi o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 153,7 mingtaga oshgan.

 O‘zbekiston 10 oy mobaynida mobil telefonlarni eng ko‘p import qilgan davlatlar:

 Xitoy – 1,8 mln dona

— BAA – 247,5 ming dona

— Vetnam – 173,3 ming dona

— Hindiston – 168,9 ming dona


 Matbuot xizmati