11/11/2022

2022– yilning 1– oktabr holatiga Hazorasp tumanining doimiy aholisi soni 201,1 ming kishini tashkil etgan bo‘lib, 2021 yilning shu davriga nisbatan 1,6 % oshgan.

Tuman aholisining viloyat jami doimiy aholisi sonidagi ulushi 10,3%ga teng bo‘lgan.

Joriy yilning 9 oyida tumanda  viloyatdagi eng ko‘p tug‘ilish qayd etilgan va 3 713 tani tashkil qilgan.

2022- yilning yanvar-sentabr oylarida Hazorasp tumanida 1 195 ta nikoh va 153 ta nikohdan ajralish holatlari qayd etilgan.

 

 

Axborot xizmati