04/11/2022

Davlat statistika qo‘mitasi ma’lumotlariga ko‘ra, O‘zbekiston 2022- yilning yanvar-sentabr oylarida xorijiy davlatlarga qiymati 26,6 mln AQSH dollariga teng bo‘lgan gilam eksport qilgan.

✅ Gilam eksporti o‘tgan yilning mos davri bilan solishtirilganda 4,2 mln AQSH dollariga kam.

✅ 2022- yilning 9 oyida O‘zbekiston gilam eksport qilgan asosiy davlatlar:

—  Qirg‘iz R. – 15,6 mln.

—  Ozarbayjon – 3,6 mln.

—  Afg‘oniston – 2,6 mln.

—  Rossiya – 2,5 mln.

—  Qozog‘iston – 1,1 mln.

—  Tojikiston – 401 ming AQSH dollari

 

 

Matbuot xizmati