31/10/2022

Davlat statistika qo‘mitasi ma’lumotlariga ko‘ra, 2022- yilning yanvar-sentabr oylarida O‘zbekiston Respublikasida asosiy kapitalga o‘zlashtirilgan investitsiyalar hajmi 190,0 trln. so‘mni tashkil etgan.

  Shundan asosiy kapitalga o‘zlashtirilgan jami xorijiy investitsiya va kreditlar 72,0 trln so‘m miqdorida qayd etildi.

 O‘zlashtirilgan jami xorijiy investitsiya va kreditlar hajmida eng yuqori ulushga ega bo‘lgan investor davlatlar:

 Rossiya – 21 %

 Xitoy – 19,9 %

 Turkiya – 10,4 %

 Germaniya – 6,5 %

 Saudiya Arabistoni – 4,6 %

 Italiya – 3 %

 Kipr – 2,7 %

 Shveysariya – 2,6 %

 Buyuk Britaniya – 2,1 %

 AQSH – 1,8 %

 

Matbuot xizmati