19/10/2022

Davlat statistika qo‘mitasi ma’lumotlariga ko‘ra, O‘zbekistonga 2022- yilning yanvar-sentabr oylarida xorijdan qiymati 144,5 mln AQSH dollariga teng bo‘lgan 2 178 575 dona mobil telefon import qilingan.

 O‘zbekistonga mobil telefonlar importi o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 255 621 taga oshgan.

 O‘zbekiston 9 oy mobaynida mobil telefonlarni eng ko‘p import qilgan davlatlar:

 Xitoy – 1,6 mln. dona

 BAA – 247,4 ming  dona

 Vyetnam – 156,5 ming dona

 Hindiston – 153,8 ming dona

 Qozog‘iston – 25,4 ming dona

 Koreya – 2,1 ming dona

 

 

Matbuot xizmati