12/10/2022

Xorazm viloyatida  shu  yilning yanvar-sentabr oylarida 4 607 ta yangi korxona va tashkilot tashkil etilgan bo‘lib, 2021- yilning yanvar-sentabr oylariga nisbatan  o‘sish sur’ati 130,7 %ni tashkil qilgan.

Iqtisodiy faoliyat turi bo‘yicha eng ko‘p yangi korxona va tashkilot savdo (1 619 ta), sanoat (1 000 ta) va qishloq, o‘rmon va baliqchilik xo‘jaligi (769 ta) sohalarida tashkil etilgan.

Viloyat bo‘yicha eng ko‘p yangi korxona va tashkilot tashkil etilgan hududlar:

Urganch shahri – 616 ta,

Urganch tumani – 475 ta,

Bog‘ot tumani – 421 ta.

 

 

Axborot xizmati