29/09/2022

Davlat statistika qo‘mitasi ma’lumotlariga ko‘ra, O‘zbekistonga 2022- yilning yanvar-avgust oylarida xorijdan qiymati 123 mln  AQSH dollariga teng bo‘lgan 1 925 876 dona mobil telefon import qilingan.

O‘zbekiston 13 ta davlatdan telefon import qilgan.

 O‘zbekiston 8 oy mobaynida mobil telefonlarni eng ko‘p import qilgan davlatlar:

— Xitoy – 1,4 mln. dona

— BAA – 239 ming  dona

— Vetnam – 148 ming dona

— Hindiston – 127 ming dona

— Qozog‘iston – 25 ming dona

— Koreya – 2,1 ming dona

 

Matbuot xizmati