23/09/2022

 Davlat statistika qo‘mitasi ma’lumotlariga ko‘ra, 2022- yilning yanvar-avgust oylarida O‘zbekistonga  9 ta davlatdan qiymati 141,9 mln AQSH dollariga teng bo‘lgan 32,8 ming tonna qoramol go‘shti import qilingan.

 Qoramol go‘shti importi o‘tgan yilning mos davri bilan solishtirilganda 13,8 ming tonnaga oshgan.

 2022- yilning 8 oyida O‘zbekiston eng ko‘p qoramol go‘shtini import qilgan davlatlar:

Belarus – 17,1 ming tonna

 Qozog‘iston – 11,6 ming tonna

 Braziliya – 1,4 ming tonna

 Hindiston – 967 tonna

 Rossiya – 791 tonna

 

 

Matbuot xizmati

 

Tugmani bosing Tinglash GSpeech