23/09/2022

 Davlat statistika qo‘mitasi ma’lumotlariga ko‘ra, 2022- yilning 1- yanvar holatiga O‘zbekiston Respublikasida jismoniy shaxslarga tegishli bo‘lgan jami yengil avtomobillar soni 3 051 734 tani tashkil etgan.

 Aholiga tegishli yengil avtomobillar soni o‘tgan yilning mos davri bilan solishtirilganda 284 608 taga oshgan.

 Aholiga tegishli jami avtotransport vositalaridan:

 Yengil avtomobillar – 3 051 734 ta

 Yuk avtomobillari – 195 784 ta

 Avtobuslar – 6 854 ta

 Mikroavtobuslar – 8 946 ta

Maxsus  transportlar – 5 152 ta

Ma’lumot o‘rnida: 2022- yilning 1- yanvar holatiga Xorazm viloyatida jismoniy shaxslarga tegishli jami avtomobillar soni  210 255 tani tashkil etmoqda.

 

Matbuot xizmati

Tugmani bosing Tinglash GSpeech