21/09/2022

Joriy yilning 20- sentabr kuni Xorazm viloyati statistika boshqarmasida “Rasmiy statistika to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi qonunida belgilangan,  tizimda individual ma’lumotlardan foydalanish tartib-qoidalariga bag‘ishlangan seminar bo‘lib o‘tdi.

Seminarda hududiy boshqarmaning barcha tarmoq hamda tuman (shahar) statistika bo‘limlari boshliqlari ishtirok etishdi.

Hududiy boshqarma bosh yuriskonsulti I.Otajonov mazkur qonunning  26,27, 28, 29, 30- moddalarida keltirilgan individual ma’lumotlardan faqat  statistik  maqsadlarda foydalanish  qoidalari bo‘yicha tushuntirish berib o‘tdi.  Shu bilan birgalikda mas’ul xodimlarga yuridik va jismoniy shaxslardan kelib tushadigan og‘zaki va yozma murojaatlarga qonunda belgilangan tartibda javob berishga doir huquqiy yo‘l-yo‘riqlar berildi.

 

 

Axborot xizmati