19/09/2022

Oʻzbekiston 2022-yilning yanvar-avgust oylarida xorijdan qiymati 46,4 mln. AQSH dollariga teng boʻlgan 1 499 dona elektromobil import qilgan.

Joriy yilda elektromobillar importi 2021 yilning mos davriga nisbatan solishtirilganda 1 003 donaga koʻpaygan.

Oʻzbekiston joriy yilning  yanvar- avgust oylarida mobaynida eng koʻp elektromobillar import qilingan davlatlar:

Xitoy– 1,3 mingdona,
BAA– 110 dona
Germaniya– 34 dona

 Gonkong– 30 dona
Boshqa davlatlar– 19 dona

 

 

Matbuot xizmati