08/09/2022

Davlat statistika qo‘mitasi ma’lumotlariga ko‘ra, O‘zbekiston 2022 - yilning yanvar-iyul oylarida 11 ta xorijiy davlatlarga qiymati 1,9 mln AQSH dollariga teng bo‘lgan  19 038 dona gaz plitalar eksport qilgan.

 Gaz plitalar eksporti 2021- yilning mos davriga nisbatan solishtirilganda 10,7 mingtaga kamaygan.

 O‘zbekiston 7 oy mobaynida eng ko‘p gaz plitalarni eksport qilgan davlatlar:

 Qozog‘iston – 10,8 mingta

 Tojikiston – 3,8 mingta

 Rossiya – 2 mingta

Ma’lumot o‘rnida, 2022- yilning 7 oyi mobaynida O‘zbekistonga 25 266 dona gaz plita import qilingan. 

 

 

Matbuot xizmati