06/09/2022

Davlat statistika qo‘mitasi ma’lumotlariga ko‘ra, 2022- yilning yanvar-iyul oylarida O‘zbekistonga 9 ta davlatdan qiymati 116,4 mln AQSH dollariga teng bo‘lgan 26,9 ming tonna qoramol go‘shti import qilingan.Qoramol go‘shti importi o‘tgan yilning mos davri bilan solishtirilganda 10,5 ming tonnaga oshgan.

 2022- yilning 7 oyida O‘zbekiston eng ko‘p qoramol go‘shtini import qilgan davlatlar:

  •  Belarus – 14,4 ming tonna
  •  Qozog‘iston – 9,1 ming tonna
  •  Braziliya – 1,3 ming tonna
  •  Hindiston – 784 tonna
  •  Rossiya – 604 tonna 

Matbuot xizmati