23/08/2022

      Davlat statistika qo‘mitasi ma’lumotlariga ko‘ra, 2022 - yilning yanvar-iyul oylarida O‘zbekistonda 162 518 ta yengil avtomobil ishlab chiqarilgan.

 Ishlab chiqarilgan yengil avtomobillar soni o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 45 146 taga oshgan.

 2022- yilning yanvar-iyul oylarida ayrim turdagi sanoat mahsulotlarini ishlab chiqarish hajmi:

  Avtomobil benzini – 662,6 ming tonna

  Ko‘mir – 2,9 mln. tonna

  Neft – 452,3 ming tonna

  Gaz kondensati – 757,9 ming tonna

  Yengil avtomobillar – 162 518 dona

  Avtobus – 561 dona

  Yuk avtomobillari – 2 510 dona

  Avtomobil dvigatellari – 125,7 ming dona

  Matbuot xizmati