23/08/2022

      Davlat statistika qo‘mitasi ma’lumotlariga ko‘ra, O‘zbekistonga 2022- yilning yanvar-iyul oylarida xorijdan qiymati 2,9 mln AQSH dollariga teng bo‘lgan  25 266 dona gaz plitalar import qilingan.

  Gaz plitalar importi 2021- yilning mos davriga nisbatan solishtirilganda 1008 donaga kamaygan.

  O‘zbekiston 13 ta davlatdan gaz plita import qilgan.

  O‘zbekiston 7 oy mobaynida eng ko‘p gaz plitalarni import qilgan davlatlar:

  Xitoy – 11,3 mingta

 Belarus – 9,9 mingta

 Turkiya – 2,8 mingta

 Polsha – 411 dona

 Italiya – 356 dona

 Ukraina – 182 dona

 Gruziya – 150 dona

 Matbuot xizmati