10/08/2022

      Xorazm viloyati statistika boshqarmasi boshlig‘i v.b. A.O‘tamuratov  9-10- avgust kunlari hududlarda bu bo‘yicha olib borilayotgan ishlarning borishi bilan yaqindan tanishdi. Xususan, Urganch shahri va Urganch tumanida registratorlar faoliyatini o‘rganish davomida, kartografik chizmalar bilan ishlash, ularga zarur belgilarning qo‘yilish holati tahliliy o‘rganildi.

      Shuningdek, shahar va tuman Ro‘yxatga olish bo‘limlari xodimlariga  uy-joylarning ro‘yxatini tuzishga jalb qilingan xodimlarning ishini muvofiqlashtirishga doir tavsiya va yo‘l-yo‘riqlar berildi.

      Suratlarda: uy-joy ro‘yxatini tuzuvchilarning 9-10- avgust kungi faoliyatidan lavhalar.

 

  Axborot xizmati