08/08/2022

    Viloyatimizda joriy yilning 4- avgustida boshlangan uy-joylarning ro‘yxatini tuzish ishlari davom etmoqda.

   Bugun, 8- avgust kuni  ham barcha hududlardagi registratorlar mahallalar kesimida xonadonma-xonadon yurgan holda, uy xo‘jaliklariga taalluqli ma’lumotlarni to‘lab, qayd etib bormoqdalar.

   Eslatib o‘tamiz, har bir registrator ish faoliyati davomida o‘rtacha 850-1000 ta uy xo‘jaligini xatlovdan o‘tkazishi belgilangan bo‘lib, olingan kunlik ma’lumotlar Ro‘yxatga olish bo‘limlari tomonidan to‘planadi va umumlashtirilib, viloyat statistika boshqarmasi Ro‘yxatga olish jarayonlarini tashkil etish va o‘tkazish bo‘limiga taqdim etiladi.

     Suratlarda: uy-joy ro‘yxatini tuzuvchilarning 8- avgust kungi faoliyatidan lavhalar.

 Axborot xizmati