03/08/2022

     Davlat statistika qo‘mitasi  ma’lumotlariga ko‘ra, 2022- yilning iyul oyida pul o‘tkazmalari uchun haq to‘lash xizmatlari narxlari iyun oyiga nisbatan ya’ni bir oyda o‘rtacha 0,2 % ga arzonlashgan.

Pul o‘tkazmalari uchun haq to‘lash xizmatlari narxlari yil boshidan buyon o‘rtacha 1 % ga oshgan.

Pul o‘tkazmalari uchun haq to‘lash xizmatlari narxlari o‘tgan yilning mos davri bilan solishtirilganda ya’ni, bir yilda o‘rtacha 2,7 % ga oshgani kuzatilgan.

2022- yilning iyul oyida boshqa moliyaviy xizmatlar narxlari iyun oyiga nisbatan ya’ni bir oyda o‘rtacha 7,1 % ga oshgan.

  Matbuot xizmati