29/07/2022

       Davlat statistika qo‘mitasi ma’lumotlariga ko‘ra, O‘zbekistonga 2022- yilning yanvar-iyun oylarida xorijdan qiymati 41,5 mln. AQSH dollariga teng bo‘lgan 184,7 mingta konditsioner import qilingan.

   Konditsioner importi 2021- yilning mos davriga nisbatan solishtirilganda 62 mingtaga oshgan.

  O‘zbekiston 27 ta davlatdan konditsioner import qilgan.

  O‘zbekiston 6 oy mobaynida eng ko‘p konditsioner import qilgan davlatlar:

  Xitoy – 174 391 dona

  Turkiya – 4 754 dona

  Ispaniya – 899 dona

  Litva – 811 dona

  Tailand – 772 dona

  Fransiya – 515 dona

  Koreya – 498 dona

  Italiya – 458 dona

  BAA – 388 dona

  Rossiya – 265 dona

  Hindiston – 211 dona

  Gruziya – 208 dona

  Germaniya – 124 dona

  Matbuot xizmati