28/06/2022

Xorazm viloyati statistika boshqarmasida joriy yilning 27- iyun kuni tuman va shaharlarda yangi tashkil etilishi belgilangan Aholini ro‘yxatga olish bo‘limi boshlig‘i va uning o‘rinbosari lavozimiga tanlov uchun hujjat topshirgan nomzodlar uchun suhbat tashkil etildi.

Tanlovda  Davlat statistika qo‘mitasi Ro‘yxatga olish jarayonlarini tashkil etish va o‘tkazish boshqarmasi mutaxassislari (ZOOM platformasi orqali), hududiy boshqarma boshlig‘i v.b. A.O‘tamuratov, o‘ribosarlari H.Egamov va U.Bardiyev, Ro‘yxatga olish jarayonlarini tashkil etish va o‘tkazish bo‘limi boshlig‘i A.Jumaniyozovlar  nomzodlar bilan aholini ro‘yxatga olish tadbirining maqsadi, yangi tashkil etilayotgan bo‘limlarning faoliyati, xodimlarning lavozim vazifalari, ish tartibi bo‘yicha savol-javob tarzida suhbatlashdilar.

Shu bilan bir qatorda tanlov ishtirokchilariga kelgusida mazkur bo‘limlar ishini tashkil etishga oid ko‘rsatma va tavsiyalar berildi.

 

 

Axborot xizmati