16/06/2022

Davlat statistika qo‘mitasi ma’lumotlariga ko‘ra, O‘zbekiston 2022- yilning yanvar-may oylarida 12 ta davlatga qiymati 22,4 mln AQSH dollariga teng bo‘lgan 18,4 ming tonna gilos eksport qilgan.

 Gilos eksporti o‘tgan yilning mos davri bilan solishtirilganda 9,3 ming tonnaga kamaygan.

 2022- yilning 5 oyida O‘zbekiston eng ko‘p gilos eksport qilgan davlatlar:

—   Rossiya – 7,9 ming tonna

—  Qozog‘iston – 6 ming tonna

—   Qirg‘iz R. – 4,2 ming tonna

—   Belarus – 102 tonna

—   Polsha – 52 tonna

—   Koreya – 47 tonna

—   BAA – 8,2 tonna

 

 

Matbuot xizmati