30/05/2022

2022- yilning 4 oyida Xorazm viloyatida 861,0 mlrd so‘mlik yangi qurilish ishlari  bajarilgan bo‘lib, o‘tgan yilning yanvar-aprel oylariga nisbatan hajmning 27,4 % ga o‘sishi kuzatilgan.

Yangi qurilish ishlari hajmida norasmiy sektor hissasi 295,0 mlrd so‘mni yoki jamiga nisbatan ulushi 34,3 %ni tashkil etgan.

Ma’lumot uchun: 2021- yilning yanvar aprelida viloyatda 675,8 mlrd so‘mlik yangi qurilish ishlari bajarilgan. Norasmiy sektorning mazkur qurilishdagi ulushi 35,8 % ni yoki 241,6 mlrd so‘mni tashkil qilgan.

 

Axborot xizmati